Leadlar: saralash, operator, yopish¶
Holat: kod yozildi (PR-1…PR-6), testlar o'tadi. Har bir tashkilotda
leads_pipeline_enabledbilan boshqariladi (standart: yoqiq — yangi tashkilotlar uchun; owner o'chira oladi). Bu fayl muhokamada qabul qilingan qarorlarni yozib boradi. Har bir band yopilganda yangilanadi.
1. Nima va nega¶
Instagram, Facebook, Telegram va YouTube'ga yozgan mijozlar orasidan sotib olmoqchi bo'lganlarni topamiz, ularga operator biriktiramiz va natijani (sotildi yoki sotilmadi) yozib boramiz. Maqsad: hech bir "issiq" mijoz javobsiz qolmasin va har bir sotuv qaysi postdan, qaysi operator orqali kelgani ko'rinsin.
Hozir kodda borlari: analyzer har bir xabardan user_type, interest va lead_summary chiqaradi, record_lead uni leads jadvaliga yozadi (processing/leads.py), GET /leads esa faqat o'qiydi. Status, operator, kanban va SLA hali yo'q.
2. Qarorlar¶
2.1 Saralash (Qualify) — yopildi, 2026-10-28¶
- Kalit so'z dvigateli yo'q. Saralashni LLM qiladi (
ai/prompts.py, analyzer). Sabab: o'zbek, rus, lotin/kirill aralash matnni kalit so'zlar ishonchli ushlamaydi. - Hozirgi mezon B2C intent signallariga mos: narx, mavjudlik, o'lcham/rang, yetkazish, to'lov, "olaman" →
transactional(HOT); mahsulot haqida savol →information(WARM). Ikkilanganda HOT tanlanadi (HOT'ni o'tkazib yuborish yolg'on HOT'dan qimmatroq). - Yangi
signalsmaydoni. LLM javobiga qo'shiladi, lead'da saqlanadi, operatorga "nega HOT" ko'rinadi. Signallar ro'yxati hamma segment uchun bitta va faqat kengayadi: - do'konlar uchun (hozir):
asked_price,asked_availability,asked_size_color,asked_delivery,asked_payment,wants_to_buy,shared_contact,asked_how_it_works,compared_options; - keyin xizmatlar / B2B uchun (BANT):
has_budget,is_decision_maker,has_deadline. - Segment profili. Org'da
qualification_profile(defaultretail). Profil qaysi signal HOT, qaysi WARM ekanini belgilaydi. Yangi segment = yangi profil, prompt qayta yozilmaydi. Birinchi bosqichdauser_typehozirgidek LLM'dan keladi, profil qoidalari signallar o'lchangandan keyin yoqiladi. - Sifatni o'lchash. Real xabarlardan 200 ta misol qo'lda belgilanadi (golden set); prompt yoki model o'zgarganda HOT/WARM aniqligi shu to'plamda tekshiriladi.
2.2 Kontakt olish (Get contact) — yopildi, 2026-10-28¶
Qachon so'raladi — kod hal qiladi, AI emas. processing/leads.py: should_ask_phone(session, lead, conversation_id) faqat uchala shart bajarilganda True qaytaradi:
- lead transactional (HOT):
lead.user_type == "transactional"; - lead'da telefon yo'q:
lead.phone is None(yangi: yokiphone_status = invalid); - shu siklda kontakt hali so'ralmagan: shu chatda mijozga yetib borgan (
approved/published) AI javobidaplatform_data.asked_phonebelgisi yo'q. Rad etilgan yoki tasdiqlanmagan draft hisoblanmaydi — u hech kimdan so'ramagan. (Yangi: hisoblash oxirgi sikl boshlangan vaqtdan, ya'nilead_eventsdagi oxirgireopeneddan boshlab.)
So'rovga savol bilan javob berilsa (2026-11-27). Mijoz raqam o'rniga boshqa savol yozsa ("video kelmadi, qayta yuboring"), u hali AI bilan gaplashyapti: lead ready bo'lmaydi, AI o'chmaydi. Analyzer'ga phone_ask_rule() beriladi va u phone_confirmationni qaytaradi: other — boshqa savol yoki so'rov, negative — rad etdi, positive — qolgan hammasi ("ok", "rahmat", raqam). other bo'lsa AI javob beradi va telefon so'ramaydi — nechta savol bo'lsa ham (leads.keeps_asking). Savollardan keyin positive kelsa (mijoz javobini oldi), AI raqamni yana bir marta so'raydi (should_ask_phone_again, siklda jami PHONE_ASKS = 2); lead shu paytgacha ready bo'lmaydi. So'rovdan keyin hech savol bermay "ok" degan mijoz qayta so'ralmaydi — oldingidek ready. Operatorga o'tish: raqam, rad etish, ikkinchi so'rovdan keyingi savol bo'lmagan javob yoki 15 daqiqa jimlik (lead_sla.no_phone_timeout).
Qanday so'raladi — AI faqat jumlani yozadi. workers/dm_generator.py should_ask_phone() natijasini ask_phone sifatida generatorga beradi; ai/generator.py: phone_hint(ask) promptning oxiriga qisqa ko'rsatma qo'shadi ("avval savolga to'liq javob ber, oxirida bitta tabiiy jumla bilan raqam so'ra"). Shart bajarilmasa slot bo'sh ("") — AI'ga "so'rama" deb yozilmaydi. AI asked_for_phone qaytaradi; true bo'lsa draft asked_phone belgisini oladi. AI so'ramay qo'ysa (mijoz jahli chiqqan va h.k.), keyingi javobda yana so'raladi — tizim o'zini tuzatadi.
Raqamni AI ajratmaydi. extract_phone() — phonenumbers kutubxonasi, region UZ, E.164 formatida saqlanadi; operator kodi noto'g'ri raqam yoki buyurtma raqami olinmaydi; Telegram kontakt kartasi ham o'qiladi. Mamlakat kodisiz raqam bo'sh joyni to'ldiradi, lekin saqlanganini almashtirmaydi.
Yangi qarorlar:
- Istalgan kontakt qabul qilinadi: telefondan tashqari Telegram @username, WhatsApp — regex bilan ajratiladi va additional_contact (jsonb) ga yoziladi.
- "Raqam ishlamadi" tugmasi operatorda: phone_status = invalid, asosiy kanal chat bo'lib qoladi, lead_events ga yoziladi.
- Chat — asosiy kanal. Lead tayinlangach AI o'chiq; operator kanbanda statusni o'zgartirmaguncha chatni qo'lda yuritadi. Telefon qo'shimcha kanal.
- O'lchash: HOT lead'larning necha foizidan so'raldi va necha foizi kontakt berdi.
Prompt shablon tamoyili (hamma bosqichlar uchun): prompt — doimiy asos + shartli slotlar (context, prompt, language_hint, max_length_hint, forward_hint, phone_hint; analyzer'da lead_brief). Har bir slot alohida funksiya, shart bajarilmasa "", har biriga test yoziladi, shartli slotlar promptning oxirida turadi. Yangi slot qo'shish shu yo'l bilan (masalan, keyin client_hint).
2.3 Operator ishlaydi (Work the lead) — yopildi, 2026-10-28¶
To'liq kod, AI qatnashmaydi.
Ready bo'lish. Lead faqat telefon raqami ma'lum bo'lganda ready bo'ladi: extract_phone() xabardan yoki kontakt kartasidan raqam topdi, yoki lead'da raqam oldindan bor (HOT bo'lgan zahoti ready). Sabab: AI tayinlashda o'chadi; erta tayinlansa, AI narxni aytib, telefon so'rashga ulgurmaydi. Ready bo'lganda ready_at yoziladi, commit'dan keyin leads.ready {lead_id} publish qilinadi. Avtomatik tayinlash faqat ready_at bor lead'lar bilan ishlaydi.
Telefon berilmasa (chat kontakt bo'lib qoladi): lead ready bo'ladi, qaysi biri birinchi bo'lsa — AI so'rovi mijozga yetib borgandan keyin mijoz raqamsiz javob yozdi, yoki chat 15 daqiqa jim turdi — so'rov yuborilgan-yuborilmaganidan qat'i nazar (AI o'chiq chatda so'rov umuman bo'lmaydi; 15 daqiqa — SLA loop tekshiradi). Aks holda bunday lead operatorga hech qachon yetmaydi.
Tayinlash (LeadAssignWorker, NATS leads.ready):
- nomzodlar: org'da is_operator = true faol a'zolar, faqat lead akkauntiga ruxsati borlar (AccountAssignment cheklovi);
- tanlash: eng kam ochiq (assigned) lead'i bor operator; teng bo'lsa eng uzoq vaqt lead olmagani (round-robin);
- atomik: UPDATE ... WHERE status = 'new' AND assigned_user_id IS NULL; 0 qator = boshqasi olgan, hech narsa qilinmaydi (NATS qayta yetkazsa ham xavfsiz);
- AI: conversation.ai_enabled true bo'lsa false, ai_paused_by_lead = true; comment-only lead'da (conversation_id NULL) o'tkazib yuboriladi;
- lead_events: assigned, operatorga push (notify.send, lead_assigned).
Take over: POST /leads/{id}/take, shartli UPDATE eski operator bo'yicha (WHERE assigned_user_id = <ko'rilgan>), 0 qator = "allaqachon olingan"; lead_events: taken_over, eski operatorga xabar.
SLA (har daqiqada skan, MetaWindowWorker naqshida, restart'dan omon qoladi):
- "javob berdi" = assigned_at dan keyin chatda operator yozgan birinchi xabar (generated_by human yoki external);
- 1 soat javobsiz → operatorga eslatma; 4 soat → yana eslatma; har lead va bosqich uchun dedupe_key, takrorlanmaydi; 24/7, tungi smena yo'q.
Tozalovchi (o'sha loop): ready_at bor, lekin 2 daqiqadan ko'p egasiz lead'lar qayta tayinlanadi (yo'qolgan publish); operator belgisi yoki a'zoligi olib tashlansa, uning ochiq lead'lari qayta tayinlanadi.
2.4 Yopish: Rejected (Lost) — yopildi, 2026-10-28¶
Operator kartani Rejected'ga sudraydi → PATCH /leads/{id}/status {status: "lost", reason, note}:
1. reason majburiy (price, no_response, bought_elsewhere, not_now, other); other bo'lsa note majburiy; aks holda 422.
2. O'tish assigned → lost, shartli UPDATE ... WHERE status = 'assigned'.
3. Yoziladi: closed_at, closed_by, closed_reason, closed_note; user_type → information (lead WARM bo'ladi).
4. status lost bo'lib qoladi (Rejected ustunida). Mijoz yana transactional yozsa, analyzer uni HOT qiladi va lead new ga qayta ochiladi (lead_events: reopened).
5. AI: faqat ai_paused_by_lead = true bo'lsa yoqiladi, belgi tozalanadi.
6. lead_events: status_changed sabab va izoh bilan; operatorning ochiq lead'lari soni o'zi kamayadi.
Summary qo'lda o'zgartirilmaydi (LLM keyingi xabarda baribir qayta yozadi). Uning o'rniga lead_brief ga qator qo'shiladi: "Oxirgi natija:
2.5 Yopish: Done (Won) — yopildi, 2026-10-28¶
Operator kartani Done'ga sudraydi → PATCH /leads/{id}/status {status: "won", note?}:
1. O'tish assigned → won, shartli UPDATE ... WHERE status = 'assigned'.
2. Joriy summary (uz/ru/en) purchase_summary ga muzlatiladi; LLM uni hech qachon qayta yozmaydi. Operator LLM matnini tahrirlamaydi (uch til mos kelmay qoladi), xohlasa note qo'shadi.
3. Yoziladi: closed_at, closed_by; user_type transactional qoladi.
4. AI: faqat ai_paused_by_lead = true bo'lsa yoqiladi.
5. lead_events: status_changed, payload'da purchase_summary nusxasi — har bir xarid tarixda qoladi.
6. lead_brief ga qator: "Mijoz dm_generator ga lead_brief beriladi) mijoz ekanini biladi.
Xaridlar soni: alohida ustun yo'q, lead_events dagi won yozuvlari sanaladi; ro'yxatda tez kerak bo'lsa keyin won_count qo'shiladi.
Chegirma: dvigatel emas, biznes siyosati. Org o'z ko'rsatmasiga yozadi ("doimiy mijozga 5%"), AI lead_brief dan mijoz doimiy ekanini biladi. Kod kerak emas.
Telefon qayta so'ralmaydi: should_ask_phone() raqam bor bo'lsa False; faqat phone_status = invalid bo'lsa qayta so'raladi.
Yangi sikl: Won mijoz yana transactional yozsa lead new ga qayta ochiladi (lead_events: reopened), raqam bor — darhol ready. Avvalgi operatorga beriladi (u hali is_operator va akkauntga ruxsati bor bo'lsa), aks holda least loaded.
2.6 Ilgari qabul qilinganlar¶
- Operator — rol emas, belgi:
organization_memberships.is_operator. Asl rol va FGA o'zgarmaydi. Yangi a'zo (owner ham) avtomatik operator; owner kerak bo'lmasa o'chiradi (mavjud a'zolar o'zgarmaydi). Tayinlash faqat operatorlar orasida. - AI kaliti. Lead jarayoni faqat
conversations.ai_enabledni o'zgartiradi,autoreply_preferencega (DM slot, billing) tegmaydi. Tayinlashda o'chadi, Done yoki Rejected'da qayta yoqiladi, lekin faqatai_paused_by_lead = truebo'lsa (operator qo'lda o'chirgan AI'ni yoqib yubormaslik uchun). - Won/Lost'ni doim operator belgilaydi, avtomatik yopish yo'q. Kartani sudrash =
PATCH /leads/{id}/status. - Rejected sababi majburiy:
price,no_response,bought_elsewhere,not_now,other(izoh bilan). Sabab bo'lmasa 422. - Orqaga sudrash mumkin: Done/Rejected → Jarayonda.
closed_*tozalanadi, AI yana o'chadi. - Lost → WARM:
user_typeinformationga tushiriladi. Koddauser_typepasayadigan yagona joy shu,lead_eventsga yoziladi. - Done: joriy summary
purchase_summaryga muzlatiladi (LLM uni qayta yozmaydi).lead_briefva javob yozuvchi AI "mijoz X ni sotib olgan"ni biladi. Mijoz yana transactional yozsa, yangi sikl; eski xaridlead_eventsda qoladi. - Har bir o'tish
lead_eventsga yoziladi va shartliUPDATE ... WHERE status = <kutilgan>bilan bajariladi. - Yangi NATS subject (
leads.*) uchun_STREAMSgaLEADSstream qo'shiladi.
3. PM javoblari — 2026-10-29¶
new → lostruxsat. Operator lidni olmasdan Yangi ustunidan Rejected'ga o'tkaza oladi (spam, AI xatosi). Sabab qoidalari bir xil (sabab majburiy,otheruchun izoh).new → wonyo'q: sotuv operator orqali.- Alohida
archivedstatus yo'q. Yopilgan holatlar faqat ikkita:won(closed won — sotib oldi) valost(closed lost). Mavjud lidlar migratsiyadanewqoladi,ready_atNULL — avtomatik tayinlanmaydi; yangi faollik bo'lsa pipeline'ga kiradi. - Chegirma hozircha ko'rib chiqilmaydi.
- Biznes turi bo'yicha saralash alohida ustun bilan emas (
qualification_profileolib tashlandi): admin boshqaradiganbusiness_categories(OrganizationContext.category_id) ishlatiladi. Hozircha barcha turlar uchun bitta (do'kon) mezon; boshqa tur kerak bo'lganda kategoriya bo'yicha signallar ajratiladi.
4. UI ko'rib chiqish — 2026-10-29¶
- Lead score yo'q. Raqam ko'rsatilmaydi. Kartada
Hot clientbelgisi va AI ko'rgan signallar (signals: narx so'radi, miqdor aytdi, telefon berdi…). - 4 soatlik eslatma adminga ham. 1 soatda — faqat operatorga. 4 soatda — operatorga va shu hisobni ko'ra oladigan owner/manager'larga (
lead_sla, kind role'lari owner+manager, operatorning o'zi ikki marta olmaydi). - "Kim nima qilyapti" filtri (ClickUp kabi: avatarni bosish → faqat uning lidlari). Backend tayyor:
GET …/leads?assigned_user_id=<id>yokimine=true; avatarlar ro'yxatiGET …/lead-operators(ochiq lidlar soni bilan). - Operator javobsiz turgan vaqt UI'ga kerak ("No reply for 1h 20m", "Overdue 20m", "Reply in 58m"). Javobga yangi maydon:
operator_replied_at—assigned_atdan keyingi birinchi operator/ega xabari (chatdagihuman/externaloutbound) yoki operatorning lid ustidagi harakati (status, phone-invalid). Null bo'lsa, kutish =now − assigned_at; SLA chegarasisla_reply_minutes = 60ham javobda beriladi, UI hisoblaydi.overdue=truefiltri ham qo'shiladi ("Overdue 2" tugmasi uchun). - Yopilgan mijoz qayta yozsa — har doim yangi sikl.
won/lostlidning egasi istalgan xabar yozsa →status = new(reopened). Xabar oddiy savol bo'lsa WARM (Clients), xarid niyati bo'lsa HOT (Hot clients). Kartada Returning tegi: lidda avvalgiwon/losthodisasi bor. Telefon ishlasa va HOT bo'lsa: chati bor lid raqamni tasdiqlaydi (2026-11-17) — AI avval savoliga javob beradi, mijoz tayyorlik ko'rsatganda (wants_to_buy,asked_delivery,asked_payment,has_deadline) javob oxirida "Siz bilan … raqami orqali bog'lansak bo'ladimi?" deb so'raydi (ko'pi bilan 2 marta). Ha → ready (phone_confirmed), AI "menejer bog'lanadi" deydi; yo'q → yangi raqamni so'raydi (eski raqamadditional_contact.previous_phonega); boshqa savol → javob + yana bir marta so'raydi; javobsiz 5 daqiqa → ready (confirm_timeout). Chati yo'q (faqat izoh) lid — darhol ready, avvalgi operatorga. (Avval: faqat transactional xabar qaytarardi — bekor qilindi.) - Lost sabablari:
price(qimmat),bought_elsewhere(boshqa joydan oldi),no_response(javob bermay qo'ydi),not_now(fikridan qaytdi),out_of_stock(bizda yo'q edi — yangi),other— operator sababni o'zi yozadi (closed_note, majburiy). Boshqa sabablarda izoh ixtiyoriy.
5. Review tuzatishlari — 2026-10-29¶
- Qaytgan mijoz tarixi endi
lead_eventsdan o'qiladi (last_outcome: oxirgistatus_changedwon/lost, orqaga sudralgan bo'lsa — yo'q). Yangi siklclosed_*ni tozalasa ham AI "rad etilgan, sabab…" va xarid sanasini biladi. - 15 daqiqa qoidasi: HOT + telefonsiz + chat 15 daqiqa jim → ready (so'rov yuborilgani tekshirilmaydi). Hujjat kodga moslandi.
- Orqaga sudrash: eski operator endi operator bo'lmasa — sudragan odam oladi, uning SLA soati yangidan boshlanadi.
assignedlidda doimready_atbor (move_back,unassignto'ldiradi) — lid hech qachon osilib qolmaydi.- 4 soat eskalatsiyasi owner/manager'larga
user_idsbilan, operatorning o'zi chiqarib tashlanadi (ikki marta olmaydi). Admin yo'q bo'lsa yuborilmaydi. - Pipeline o'chiq org'da
create,take,hot,status,phone-invalid→ 409lead_pipeline_off. O'qish endpoint'lari ishlaydi.
6. Ochiq savollar (PM)¶
- Spam qayta ochilishi: 4.5 qoidasi bo'yicha spamer har xabarda Clients'ga qaytadi. Taklif: alohida
spamsababi — bunday lid qayta ochilmaydi. - Avto-tayinlash rejimi ("I assign them"), online/away, value + teglar, L-raqam, timeline (Hot → Contact → In progress), "Awaiting payment", Team statistikasi.
7. Jonli doska (SSE) — 2026-11-04¶
- WebSocket emas: mavjud
GET /feed/organizations/{org_id}/stream(SSE) galead_changedframe qo'shildi. - Frame:
{"event": "lead_changed", "account_id", "lead_id", "change"}— signal, karta emas. Doska shu kartani qayta so'raydi va ustuniga ko'chiradi; noma'lumchangeham "qayta so'ra" degani. change: lead_events turi (ready,assigned,taken_over,unassigned,status_changed,moved_back,reopened,phone_invalid,made_hot,ai_paused,ai_resumed,created) yoki AI yozuvi (created,updated,made_hot).- Qanday: har bir yozuvchi o'zgarishni sessiyaga belgilaydi (
lead_status.note_change), commit'dan keyinleads.changed(NATS, LEADS stream) ga yuboradi (processing/lead_feed.publish_changes, bitta lid — bitta frame, oxirgi o'zgarish). API uni feed'ga uzatadi (feed.on_lead_changed), so'rovsiz; akkaunt ruxsati inbox'dagidek. - Rollback bo'lgan o'zgarish hech qachon yuborilmaydi. Frame yo'qolsa — doska keyingi qayta so'rovda tuzaladi (
resyncham shu). - Operator chatga javob yozsa alohida
lead_changedyo'q: o'sha chat uchundm_sentkeladi — UI shu conversation_id'li kartani yangilaydi ("Overdue" yo'qoladi).